Reyd davomida Yuqori Chirchiq tumani Nurafshon MFY hududidan oqib oʻtuvchi Chirchiq daryosining muhofaza mintaqasiga yaqin joyda qum-shagʻal aralashmasi davlat raqami yechib olingan yuklagich yordamida yuk mashinalariga hech qanday ruxsatnomasiz yuklab berilayotganligi aniqlandi.
Transport vositalarini vaqtinchalik saqlab turish uchun tuman hududida joylashgan jarima maydonchasiga joylashtirish vaqtida haydovchilar qonuniy talablarga boʻysunmay, voqea joyidan qochib ketdi. Huquqbuzarlar ushbu harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablarini buzishgan.
Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 4 milliard 347 million 712 ming 454 soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat boʻyicha toʻplangan hujjatlar Toshkent viloyati Prokuraturasiga yuborildi.