Ular sanitariya meʼyorlariga rioya etilmayotganidan norozi ekanligini shu tarzda ifodalashgan.
Pandemiya sharoitida ijtimoiy masofaga yetarli eʼtibor berilmayotgani oʻquvchilar eʼtiroziga sabab boʻlmoqda. Xususan, oʻquvchilar bir-birlari bilan yonma-yon oʻtirishgani va odatiy vaqtdagi oʻqish sharoitlaridan hech qanday farq sezmayotganidan shikoyat qilishgan.
Oqibatda Parijda yuqori sinf oʻquvchilari ertalabdan qariyb oʻnta litseyni “bloklab” qoʻygan. Ammo politsiya aralashuvi bilan taxminan soat 9:30da taʼlim maskanlari eshiklari ochilgan.
“Le Figaro” gazetasi axborotiga koʻra, poytaxtning X okgrugidagi Kolber litseyi oʻquvchilari va huquq-tartibot xodimlari oʻrtasida toʻqnashuv sodir boʻlgan. Hatto bir guruh oʻquvchilar maktab binosiga shisha idishlarni otgan.
Politsiya tomonidan koʻzni yoshlantiruvchi gaz qoʻllanilgandan soʻnggina norozi yoshlar tarqatilgan. Oʻquvchilarning aytishicha, huquq-tartibot organlari tomonidan rezina tayoqlar ham ishlatilgan.
Oqibatda bir kishi jarohatlangan. 40 nafar yuqori sinf oʻquvchisi esa 135 yevrodan jarimaga tortilgan. Bunday aksiyalar Nant va Bezansondan ham roʻy berdi. Maktablarni ochish uchun politsiya aralashishga majbur boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, 30-oktyabrdan boshlab Fransiyada yangi lokdaun joriy etilgan. Ammo maktablar, bogʻchalar sanitariya qoidalariga qatʼiy rioya etilgan holda oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.