Sana shahri yaqinidagi chiqindixonada yuk mashinasi turli axlatlarga to‘la qoplarni chiqindi bilan qoplangan ulkan dengizga tashlamoqda.
Al-Azraqayn poligoniga kuniga 2000 tonna chiqindi, jumladan Sanadagi shifoxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan tozalanmagan tibbiy chiqindilar olib kelinadi. Chiqindilarning to‘planishi natijasida u zaharli kimyoviy moddalarning yerga singishiga sabab bo‘ladi.
"Tibbiy chiqindilarni axlat bilan birga ko‘mishdan boshqa choramiz yo‘q. Ular umumiy axlat bilan birga ko‘milgan", deydi al-Azraqayn poligonining maʼlumotlar menejeri Bahouddin al-Haj.
Urushdan oldin chiqindilarni boshqarishning namunasi mavjud bo‘lmaganiga qaramay, Sana hech bo‘lmaganda eng xavfli materiallarni umumiy chiqindilardan ajrata olar edi.
Yaqin atrofda bir vaqtlar tibbiy chiqindilarni qayta ishlash zavodi joylashgan bo‘lib, unda yoqish pechi mavjud edi. Afsuski, u 2015-yildagi portlash natijasida vayron qilingan.
Kontaminatsiyalangan yer odamlar salomatligiga qanday taʼsir qiladi?
Tibbiy chiqindilar yuqumli, toksik yoki radioaktiv bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli materialdir.
Poligondagi ifloslangan chiqindilar hovuzlari atrof-muhitga patogenlar va zaharli ifloslantiruvchi moddalarni chiqaradi va ular yer osti suvlariga oqib o‘tadi.
Yer osti suvlari umumiy ichimlik suvi va tozalash, qishloq xo‘jaligi va hayvonlar uchun suv manbai hisoblanadi. Agar bu suvlar ifloslangan bo‘lsa, u turli kasalliklarni, jumladan, saraton, tug‘ma nuqsonlar, immunologik kasalliklar va boshqa ko‘plab xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Yamanda urush tugasa ham, uning oqibatlari o‘nlab yillar davom etishi mumkinligi xavotirli.
Mahalliy maʼmuriyatlarning aytishicha, ular qayta ishlab chiqarish zavodini tiklash uchun nodavlat tashkilotlardan yordam kutmoqda.
“Bunday loyihani tashkil etish qimmat bo‘lgani uchun biz Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Oliy Kengash hamda turli tashkilotlar bilan kelishib oldik”, deydi Tozalash bosh boshqarmasi rahbari Ibrohim Al-Surabiy. “Xudo xohlasa, keyingi yil boshida biz ushbu strategik loyihani qayta qurish masalasini muhokama qilamiz."
Malikaxon Rajabova tayyorladi.