Ilgari olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, organizmdagi suyuqlik va elektrolitlar muvozanatini tartibga solishga yordam beradigan miyadagi mineralokortikoid retseptorlari spirtli ichimliklarga qaramlikni yuzaga keltirishi mumkin.

Klinikadan oldingi ishlar shuni koʻrsatadiki, ushbu retseptorlarning yanada samarali ishlashi spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishning koʻpayishiga olib keladi. Mutaxassislar spironolakton preparati yordamida mineralokortikoid retseptorlarini blokirovka qilish boʻyicha tajribalar oʻtkazishga qaror qilishdi.

Odatda mazkur dori vositasi diuretik sifatida hamda yurak va yuqori qon bosimini davolashda ishlatiladi. Tadqiqot davomida preparat alkogolizmga chalingan sichqonlarga yuborilgan.

Natijalar shuni koʻrsatdiki, spironolaktonning ortib borgan dozalari erkak va urgʻochi hayvonlarda harakat yoki muvofiqlashtirish muammolariga olib kelmasdan spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishni kamaytirdi va bu ularning oziq-ovqat yoki suv isteʼmoliga taʼsir qilmadi, deyiladi lenta.ru saytida.