Og'izdagi oq qon hujayralari soni qon oqimining buzilishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin, bu arteriya holatning yomonligini ko'rsatuvchi dastlabki ko'rsatkichdir.

Oldingi tadqiqotlar periodontit (milk yallig'lanishi) va yurak-qon tomir kasalliklari o'rtasidagi bog'liqlikni namoyon etgandi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yallig'lanish milk orqali qon oqimiga kirib, qon tomir tizimiga zarar yetkazishi mumkin.

Endi ushbu ma'lumotlarga asoslanib, olimlar diagnostika tizimini ishlab chiqishga qaror qilishdi. Buning uchun ular 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan 28 nafar sog'lom odamlarda tadqiqot olib borishdi, ularda avvaldan periodontal muammolar bo'lmagan. Olimlar og'iz bo'shlig'i yallig'lanishining past darajalari yurak-qon tomir salomatligi uchun klinik ta'sir ko'rsatishi mumkinligi borasidagi masalani o'rganishdi.

Laboratoriyadagi tajribadan oldin ishtirokchilardan olti soat davomida ovqatlanmaslik so'ralgan. Keyin subyektlar og'zini tahlil uchun topshirilgan suv bilan, keyin esa sho'r suv bilan yuvishdi. Shuningdek, ko'ngillilar elektrokardiogrammadan o'tishdi va ularning qon bosimi o'lchandi.

Tadqiqotchilar so'lakdagi oq qon hujayralarining yuqori darajasi arteriyalarning yetarli darajada kengaymaganligini va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishi mumkinligini aniqlashdi, deb xabar beradi lenta.ru.