Tadqiqotchilar terini lazer vositasida nurlantirishga asoslangan mazkur tashxis qo'yish usuli mavjud invaziv usullarga muqobil bo'lishiga ishonishmoqda.
JSST ma'lumotlariga ko'ra, yurak-qon tomir kasalliklari har yili dunyo bo'yicha 20 millionga yaqin odam o'limiga olib keladi. Bularga surunkali yurak yetishmovchiligi kiradi – bu kasallikda tananing qon va to'qimalari kislorod bilan to'liq to'yinmaydi.
Shu bilan birga, kasallikning dastlabki bosqichi alomatlarsiz davom etadi, shuning uchun surunkali yurak yetishmovchiligida bemorga ko'pincha zarur tibbiy yordam ko'rsatish qiyin bo'lgan og'ir holatlarda tashxis qo'yiladi.
Samara universiteti olimlari boshqa oliy o'quv yurtidagi hamkasblari bilan birgalikda optik usul yordamida surunkali yurak yetishmovchiligini tashxislash imkonini beruvchi sensorni ishlab chiqishga muvaffaq bo'lishdi.
Bu qo'shimcha reagentlardan foydalanmasdan surunkali yurak yetishmovchiligini aniqlashning dunyodagi birinchi usuli hisoblanadi.
Lazer bemor bilagining ichki tomonida ta'sir ko'rsatadi, teriga kirib boradi, radiatsiya to'qimalar bilan o'zaro ta'sirlanganda o'z energiyasini o'zgartiradi. O'zgarishlar maxsus zond yordamida qayd etiladi, inson terisining spektral profili aniqlanadi. Ushbu ma'lumotlar mashina usuli yordamida tahlil qilinadi, bu surunkali yurak yetishmovchiligi mavjudligi borasida aniq tashxis qo'yish imkonini beradi, deb xabar beradi mir24.tv.