CoDE-ACS deb nomlangan algoritm allaqachon olti mamlakatda 10286 bemorda sinovdan o'tgan. U yurak xurujini tashxislash uchun yosh, jins, EKG natijalari va kasallik tarixi, shuningdek, troponin (yurak xurujini aniqlaydigan oqsil) darajasi haqidagi ma'lumotlardan foydalanadi. Keyin sun'iy intellektr har bir bemor uchun 0 dan 100 gacha ehtimollik ballini beradi. Bundan tashqari, CoDE-ACS klinisenlarga anormal troponin darajasi boshqa kasallik emas, balki yurak xuruji tufayli yuzaga kelganini aniqlashga yordam berishi mumkin.
Yangi model mavjud an'anaviy usullardan deyarli ikki barobar ko'p odamlarda kasallikni muvaffaqiyatli aniqladi. Neyron tarmoqning aniqligi 99,6 foizni tashkil etdi. Bu misli ko'rilmagan tezlik butun dunyo bo'ylab kasalxonaga yotqiziladigan bemorlar sonining kamaytirishga xizmat qiladi.
Ayni damda mutaxassislar Shotlandiyada klinik sinovlarni o'tkazmoqda, bu esa uskuna favqulodda yordam bo'limlari yukini qanchalik kamaytirishga yordam berishini aniqlaydi, deb xabar beradi lenta.ru.