Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bu ko'rsatkich yurak kasalliklarini tashxislash uchun muhim ahamiyatga ega.
Ta'kidlanishicha, qon tomirlarining devorlari qanchalik qattiq bo'lsa, odam qon bosimi ko'tarilishiga shunchalik sezgir va yurak xastaliklariga ko'proq moyil bo'ladi. Rossiyalik mutaxassislar qon tomirlarining qayishqoqligini baholashning yangi usulini ishlab chiqishdi, bu bemorning yuragi va puls ritmidagi farqlarni tahlil qilishga asoslangan, deb xabar beradi lenta.ru.
“Mayer to'lqinlari deb ataladigan qon bosimining davriy o'zgarishi arterial tomirlarning qayishqoqligining o'zgarishiga olib kelishi mumkin, bu esa yurak urish tezligining qo'shimcha o'zgaruvchanligini keltirib chiqaradi. Aynan mana shu farq qon tomirlari devorlarining cho'zilish qobiliyatini ko'rsatuvchi belgidir”, dedi Samara milliy tadqiqot universiteti lazer va biotexnika tizimlari kafedrasi dotsenti Aleksandr Fedotov.