Adliya vazirligi binosida mazkur yuridik adabiyotlarning taqdimot tadbiri boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Taʼkidlanishicha, yuridik adabiyotlarni yangi avlodini tayyorlashda ilgʻor xorijiy tajribadan keng foydalanildi hamda bugungi davr talabidan kelib chiqqan holda tayyorlandi. Ushbu 21 nomdagi yangi avlod darsliklari 1145 tirajda jami 24 045 ta darsliklar chop etildi.
Darsliklarda mavzularning keng yoritib berilishi va mazmun-mohiyatiga alohida eʼtibor qaratildi hamda darsliklar zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllagan holda kreativ yondashuv asosida yangicha dizayn va koʻrinishda tayyorlangan.