Tashrifning ilk kunida Hachettepe universiteti mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir doirasida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, endilikda TDYU va Hachettepe universiteti o‘rtasida talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, hamkorlikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish, ta’lim sifatini oshirish doirasida o‘zaro tajriba almashish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, uchrashuv doirasida ikki universitet o‘rtasida “Tibbiyot huquqi” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura dasturini joriy etish, “Kiber huquq” yo‘nalishini rivojlantirish bo’yicha hamkorlik qilish, “Xalqaro savdo huquqi” yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borish masalalari muhokama qilinib, fikr-mulohaza almashildi.

Tadbir davomida taraflar 2022-yilda hamkorlikda xalqaro konferensiya tashkil etishga kelishib oldi.