Yuridik universitetda yuqori kurslar uchun oʻqish anʼanaviy boʻlishi ham mumkin

    Ta'lim 12 Avgust 2020 4247

    Bu haqda Xalqaro press-klubda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahimjon Hakimov maʼlum qildi.

    Rektorning aytishicha, agar vaziyat yumshasa yangi oʻquv yilida hech boʻlmasa bitiruvchi 4-kurslar uchun anʼanaviy tarzda oʻqish tarzini olib borishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Sababi 4-kurslar bir semestr oʻqib, keyin amaliyotga chiqib ketishadi. Bunda har bir xonalar uzogʻi bilan 15 kishilik qilib jihozlanadi.

    Agar vaziyat shunga imkon bersa hamda maxsus komissiya roziligi olinsa, Toshkent davlat yuridik universitetda yangi oʻquv yilida ham masofaviy, ham anʼanaviy oʻqish boshlanishi mumkin.