Dehli vaqti bilan soat 19.36 da (Toshkent vaqti bilan 19.06) parvoz qilgan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” samolyoti oʻsha oqshom Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qoʻndi.
Samolyot bortida 65 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, shu jumladan, bitta goʻdak, Toshkentdagi Hindiston elchixonasining besh xodimi va ularning oilalari, shuningdek, respublikamizning turli sohalarida ishlashga taklif qilingan hind mutaxassislari boʻlgan.