Uchrashuvni Turizm va sport vazirining o‘rinbosari A.Karimov ochib berdi va yosh o‘quvchilarga sport sohasida erishilayotgan yutuqlar hamda sportning inson hayotidagi muhim o‘rni haqida qisqacha so‘zlab berdi.

Shundan so‘ng, tadbirga taklif etilgan, boks bo‘yicha Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov, Olimpiya o‘yinlari sovrindori va professional boks bo‘yicha jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev hamda karate bo‘yicha o‘zbekistonlik yagona jahon chempioni Dostonbek Otabolayev va Prezident maktabi o‘quvchilari o‘rtasida jonli suhbat bo‘lib o‘tdi.

Suhbat jarayonida iftixorlarimiz o‘zlarining sport yo‘lida bosib o‘tgan hayot yo‘li haqida batafsil gapirib berdi. Shuningdek, iqtidorli o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga sportchilar tomonidan batafsil javob berildi.

Uchrashuv yakunida maktab tarbiyalanuvchilariga maxsus sport inventarlari sovg'a qilindi.