2021-yil 16-sentyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 167268 (+624) nafarni tashkil etmoqda, , deya xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining:

65 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,

15 nafari Andijon viloyatida,

9 nafari Buxoro viloyatida,

14 nafari Jizzax viloyatida,

5 nafari Qashqadaryo viloyatida,

6 nafari Navoiy viloyatida,

17 nafari Namangan viloyatida,

51 nafari Samarqand viloyatida,

10 nafari Sirdaryo viloyatida,

18 nafari Surxondaryo viloyatida,

56 nafari Fargʻona viloyatida,

19 nafari Xorazm viloyatida,

123 nafari Toshkent viloyatida,

216 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 90 nafar,

Andijon viloyatida 35 nafar,

Jizzax viloyatida 23 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,

Navoiy viloyatida 28 nafar,

Namangan viloyatida 8 nafar,

Samarqand viloyatida 149 nafar,

Surxondaryo viloyatida 42 nafar,

Fargʻona viloyatida 56 nafar,

Toshkent viloyatida 241 nafar,

Toshkent shahrida 295 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 160421 (+977) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1179 nafarni tashkil qildi.