Yurtimizda koronavirusga chalinish va kasallikka qarshi emlanish nisbati qanday?

    Mana, bir oydirki, yurtimizda vaksinatsiya jarayonlari davom etmoqda. Ammo, taassufki, kasallik qayd etilish boʻyicha antirekordlar ham qayta-qayta yangilanib turibdi.

    Bunga aholi orasida karantin tartiblariga bepisand boʻlish holatlari asosiy sabab boʻlmoqda.

    Masalan, 1-aprel kuni:

    5018 nafar fuqaro emlangan,

    mamlakatimizda 189 ta yangi kasallanish holati qayd etilib, jami kasallanganlar soni 83 239 nafarga yetgan.

    30-aprelda esa:

    emlanish koʻrsatkichi 797 781 nafarga yetgan,

    442 ta yangi kasallanish aniqlanib, umumiy kasallanish koʻrsatkichi 91 250 nafarga yetgan.

    Eʼtibor bering, qariyb bir oy davomida 800 ming nafarga yaqin aholi kasallikka qarshi emlangan, 8 ming nafardan ortiq fuqaro kasallikka yoʻliqqan. Bu har 100 ta emlanish holatiga 1 ta kasallanish holati toʻgʻri kelyapti degani. Taʼkidlash lozimki, hali virusga qarshi vaksina olgan hech bir fuqaroda koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmadi. Shunday ekan, hamyurtlarimiz vaksinatsiya jarayonlarida faol boʻlishlari kasallik tarqalishini toʻxtatishning asosiy omili boʻlishi mumkin.

    Taʼkidlash lozimki, oy oxiriga kelib xavf osti guruhiga kiritilgan aholining 25,3 foiz qismi koronavirusga qarshi emlandi. Ularning nisbati quyidagicha:

    65 yosh va undan katta fuqarolar — 350 263 nafar;

    tibbiyot xodimlari — 265 217 nafar;

    maktab oʻqituvchilari — 117 384 nafar;

    maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari — 36 699 nafar;

    surunkali kasalligi bor fuqarolar — 28 218 nafar.

    Hurmatli yurtdoshlar, kasallik tarqalishining oldini olishning ikki chorasi bor: karantin tartiblariga amal qilish va emlanish. Agar shu ikki chorani birdek ishga solsak, koronavirusni yengib chiqishimiz ehtimoli ikki karra oshgan boʻladi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi

    jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.