Namoyishchilar shaharning asosiy kirish yo'llarini to'sib qo'yishdi. Bir kishi halok bo'ldi.
Bir guruh boshqa namoyishchilar bilan birga qurilishi tugallanmagan binoga chiqqan 15 yoshli bola yiqilib hayotdan ko'z yumdi.
Kun oxirida tashkilotchilar norozilik namoyishi tugaganini e'lon qilishdi va olomondan tinch yo'l bilan tarqalishni so'rashdi, ammo buning o'rniga yuzlab yosh ortodoksal yahudiylar politsiya bilan to'qnash kelishdi.
Ommaviy norozilik namoyishi Knessetda vakillik qilayotgan ultra-ortodoksal partiyalari tomonidan qo'llab-quvvatlangani xabar qilindi.
Isroilda 18 yoshdan oshgan yigit-qizlar uchun harbiy xizmat majburiy, ammo ultra-ortodoksal yahudiylar har doim harbiy xizmatdan ozod qilingan. Bu masala uzoq vaqtdan beri mamlakatning dunyoviy va pravoslav siyosatchilari o'rtasida qizg'in munozaralarga sabab bo'lib kelgan.
O'tgan yilning iyun oyida Isroil Oliy sudi eshiv talabalari (ultra-ortodoksal yahudiylar uchun ta'lim muassasalari) boshqalar kabi mamlakat qurolli kuchlariga chaqirilishi kerakligi haqida qaror chiqardi va hukumatga tegishli qonun loyihasini tayyorlashni boshlashni buyurdi, deb xabar berdi bbc.com.









