Bugun Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha mavsumning ilk rasmiy musobaqasi Gran Prix Zagreb Open – 2021 turniri boshlanadi.

Musobaqada dunyoning o'ttizga yaqin davlatidan yunon-rum kurashi ustalari ishtirok etadi. Ular orasida Ravshan Ro'ziqulov murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham bor. Bu turnir terma jamoamizning bir yillik tanaffusdan so'ng qatnashadigan birinchi xalqaro musobaqasi bo'ladi.

Zagreb Gran-prisida xalqaro toifadagi referimiz, “Oltin hushtak” sohibi Tohir G'ulomov hakamlik qiladi.

Musobaqadan so'ng jamoamiz ushbu shaharda 14 kunlik o'quv-mashg'ulot yig'inida bo'lishadi. Hozirda yunon-rum kurashchilarimiz hisobida Tokio Olimpiadasi uchun 3 ta yo'llanma mavjud.