Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev hamda “Zagros Airlines” aviakompaniyasining Oʻzbekistondagi bosh vakili Morteza Sheyxassani bilan boʻlib oʻtgan muloqotda ikki davlat oʻrtasida muntazam havo qatnovlarini qayta tiklash masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, aviakompaniya vakillari yoʻnalishlar geografiyasini kengaytirish, tranzit salohiyatini rivojlantirish va parvozlar sonini oshirish boʻyicha qator takliflarni bildirdi.

Xususan, “Zagros Airlines” aviakompaniyasi Eronning turli shaharlaridan Samarqand va Buxoroga aviareyslar qoʻyish istagida ekanligini maʼlum qildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.