Jamoat koʻrigida ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Teatr Arboblari uyushmasi mutaxassislari mazkur sahna asarida millat kelajagi bilan bogʻliq dolzarb mavzuga qoʻl urilganini taʼkidlashdi.

Mutaxassislar tomonidan spektaklning yutuq  hamda baʼzi  juzʼiy kamchiliklari  eʼtirof etildi, ayrim tuzatishlarni inobatga olgan holda premyeraga ruxsat berildi.

Spetakl premyerasi 1-noyabrdan boshlab, uch kun davomida namoyish etiladi.