O'quvlarga 14 ta tayanch maktabning 140 o'qituvchisi, hududiy malaka oshirish markazlarining 40 dan ortiq treneri va metodistlar, pedagogika yo'nalishidagi OTMlar profesor-o'qituvchilari jalb qilingan.

Keyingi 6 kun davomida ustozlar uchun maxsus malaka oshirish jarayonlari tashkil etiladi.

Jarayondan to'g'ridan-to'g'ri reportajlarni Xalq ta'limi vazirligining feysbukdagi sahifasidan ko'rish mumkin. Shuningdek, "Domlajon" kanalida ham batafsil ma'lumotlar berilmoqda.

Bu malaka oshirish kurslari katta jarayonlarning boshlanishidir. Keyingi oylarda joylarda pedagoglarni yangi metodikalarga o'qitish ishlari davom ettiriladi. Har bir hududda “Zamonaviy jamiyat uchun zamonaviy ta'lim” shiori ostida yirik anjumanlar tashkil etib borilib, ushbu tadbirlarda amalga oshirilayotgan ishlar borasida o'qituvchilarga, ota-onalarga va keng jamoatchilikka axborot berib boriladi.