– Aynan shuning uchun ham biz ilgari surgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yoʻlida hamjihatlik borasidagi Samarqand tashabbusining asosiy maqsadi insoniyat kelajagi uchun befarq boʻlmagan, tinchlik, totuvlik va birgalikda gullab-yashnash uchun intilayotgan barcha sogʻlom kuchlarni amaliy muloqotga jalb etishga qaratilgandir.
Biz Qozogʻistonning Kengashga 2024-yilga qadar raislikni davom ettirish niyatini qoʻllab-quvvatlaymiz va qozogʻistonlik doʻstlarimizga omadlar tilaymiz.
Ishonchim komil, sheriklik va ishonchni mustahkamlagan holda umumiy intilishlarimiz bilan biz ezgu maqsadlarga – mamlakatlarimiz tinchligi, barqarorligi va ravnaqini taʼminlashga erishamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.