Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi hamda Kon geologiya faoliyatini nazorat qilish Samarqand-Buxoro mintaqaviy inspeksiyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Navoiy viloyatining. Xatirchi tumani hududidan oqib oʻtuvchi Zarafshon daryosi muhofaza mintaqasida noqonuniy ov, qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib olinishiga chek qoʻyish hamda qonunbuzarlik holatlarini aniqlash maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi
Oʻrganish davomida nomaʼlum shaxslar tomonidan bir nechta sintetik toʻrlar Zarafshon daryosiga qoʻyib ketilganligi aniqlandi va daryodan ushbu sintetik toʻrlar olib tashlandi. Shuningdek, Samarqand viloyati Narpay tumani hududiga tegishli boʻlgan Zarafshon daryosining muhofaza hududidan Narpay tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli boʻlgan ekskavator yordamida noqonuniy ravishda tabiatda keng tarqalgan qum-shagʻal aralashmasini yuk mashinasiga yuklayotgan vaqtida toʻxtatildi.
Ushbu holat boʻyicha Kon geologiya faoliyatini nazorat qilish Samarqand-Buxoro mintaqaviy inspeksiyasi tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi