Ayni damda bog‘da Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan fuqarolik va iqtisodiy sud qarorlariga muvofiq 11 nafar fuqaro va yuridik shaxs tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni buzish ishlari olib borilmoqda.
Milliy bog‘ hududidagi og‘ir rekonstruksiyali binolar, devor va to‘siqlar bosqichma-bosqich maxsus texnikalar yordamida buzilmoqda.
Qolgan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atib, qo‘shimcha tarzda o‘rganish ishlari olib bormoqda.
Bundan tashqari, noqonuniy qurilmalar buzdirilib, o‘rniga daraxt ekildi.
Shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura va "Zarafshon" milliy tabiat bog‘i mas’ullari hamkorligida milliy bog‘ hududida buzilgan binolar o‘rni tezkor tartibda tozalanib, qurilish chiqindilari olib chiqib ketilmoqda va o‘rniga manzalari daraxtlar ekilib, hududda yashil bog‘lar barpo etilmoqda.