Hokimga koʻra, keyingi besh yilda Navoiy shahrida yangi massiv barpo etilib, 4 ming xonadonga moʻljallangan koʻp qavatli uylar, maktab, bogʻcha va boshqa ijtimoiy obyektlar qurilishi yoʻlga qoʻyiladi.
▪️Zarafshon shahri hududi kengaytirilib, qoʻshimcha 30 ming aholi yashashi uchun, zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan “Sanoatchilar shaharchasi”, boshqa tumanlarda 14 ming xonadonli 400 ta koʻp qavatli uy-joy bunyod etiladi.
▪️2022-2026-yillarda viloyatda 100 ta qishloq va mahalla obod qilinadi. Bunga, budjetdan har yili kamida 600 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.
▪️Shuningdek, 1 ming km.dan ortiq ichimlik suvi va 90 km kanalizatsiya tarmoqlari, 5 ming km elektr tarmogʻi, 1 mingdan ziyod transformator hamda 6 ming km avtomobil yoʻllari, 186 ta koʻprik quriladi va taʼmirlanadi.