Navoiy viloyati hokimligi tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Zarafshon shahar hokimligi va tegishli tashkilotlar tomonidan Zarafshon bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi yonida “Yoshlar bogʻi” yaratildi.
Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov boshchiligida sektor rahbarlari, barcha tashkilotlar va jamoatchilik vakillai ishtirokida hududda daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.
Taʼkidlash joizki, ushbu daraxt koʻchatlari tomchilatib sugʻorish tizimi bilan sugʻoriladi.