Joriy yilning 22-oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligi omboridagi portlashdan zarar koʻrgan turar va noturarjoy binolarga oʻtgan bir sutka ichida “Kvars” AJ tomonidan 10 ming kvadrat metr qurilish oynasi va “Ohangaron shifer” AJdan esa 4800 dona shifer yetkazildi.
Talofat koʻrgan binolar bugun yana 10 ming kvadrat metr qurilish oynasi bilan taʼminlanadi. “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ishchi guruhi qurilish materiallarini oʻz vaqtida yetib borishi, mahsulotlarning taqsimlanishini toʻliq nazorat qilib borishmoqda.
Hozirgacha zararlangan obyektlarning yarmidan koʻpi toʻliq taʼmirlab boʻlindi.