Mazkur qoidalar bilan elektr energetikasi ob'ektlariga kiruvchi uskunalar, qurilmalar, bino va inshootlarning ishlashini tashkil etuvchi va nazorat qiluvchi korxonalar xodimlari, shuningdek, elektr energetikasi ob'ektlarida qurilish-montaj, sozlash, ishga tushirish hamda ta'mirlash ishlarini bajaruvchi xodimlar bilan ishlash tartibi belgilandi.
Xodimlarning, shu jumladan, rahbar xodimlarning o'z kasbi va ish turi bo'yicha sanoat va yong'in xavfsizligiga oid amaldagi qoidalar, me'yorlar va yo'riqnomalar bo'yicha bilimlari sinovdan o'tkaziladi.
Zararli yoki xavfli mehnat sharoitlari bilan bog'liq og'ir ishlarda ishlaydigan xodimlar dastlabki va davriy tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.
Xodimlar bilan ishlash yillik rejalarga muvofiq tashkil qilinadi va amalga oshiriladi. Xodimlarni (mutaxassislarni) tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini boshqarish korxonaning bosh muhandisiga yuklanadi.