Ammo uyga kelib, ishlatib ko'rgach, telefonda nuqson bor ekan. Hartugul, qaytarib olib kelsa almashtirib berdi. Buni qarangki, ikkinchi telefon ham umuman ishlamadi. Uni almashtirishdan esa sotuvchi bosh tortdi.
Ikki marta “og'zi kuygan” xaridor Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi haqida xabar topadi. SHahnoza o'z haq-huquqlaridan foydalangan holda, Jizzax viloyat Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish birlashmasiga ariza bilan murojaat etdi. Mazkur holat mutasaddilar tomonidan o'rganilib, Shahnoza Qurbonovaning ishlamayotgan mobil telefoni sifatlisiga almashtirib berildi.
Zafarobod tumanidagi “Cho'liguliston” QFYda istiqomat qiluvchi yana bir iste'molchi Maftuna Omonovaning ham muammosi o'z vaqtida hal etildi. U Paxtakor tumanidagi “PREMIER” savdo do'konidan 3 million 400 ming so'mga muzlatgich sotib olgan. Ammo xonadoniga o'rnatgach, muzlatgich yaxshi ishlamagan. Mijoz o'z imkoniyatlardan foydalangan holda servis xizmatiga uch marotaba murojaat etib, mahsulotni sozlatsa hamki, baribir foydasi bo'lmadi. Oxiri, sotuvchining qo'pol muomalasidan keyin, O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 10-91 raqamli ishonch telefoniga murojaat etishga majbur bo'lgan.
Paxtakor tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan muammo atroflicha o'rganilib, 3 oydan buyon echimini topa olmayotgan masalaga ijobiy yakun yasaldi. Iste'molchining nosoz muzlatgichi yangisiga almashtirib berildi.