300 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda 3 yil muddatga, 6 oygacha imtiyozli davr bilan;
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kafilligi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa taʼminot turlari asosida.

Qaror bilan 2021–2023-yillarda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va yaratiladigan yangi ish oʻrinlarining maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

Shunga koʻra, belgilangan yillarda sohada jami 29 ming 500 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi nazarda tutilgan.