Yurtimizga turli nayranglarni qoʻllagan holda zargarlik buyumlarini olib kirishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy mamlakatdan uchib kelgan fuqaro K.S.ning yuklari oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada, yuklar orasida bojxona nazoratidan yashirilgan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan bojxona toʻlovlarisiz olib kirish meʼyoridan ortiqcha boʻlgan, umumiy qiymati 14,6 million soʻmlik 64,83 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.