Tadbirda fuqaro D.B. boshqa bir fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Bektemir tumani, “Oltintopgan” MFY hududida joylashgan 6 sotix zaxiradagi yer maydonini oʻziga tegishli ekanligini aytib, shundan 3 sotixini 15 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, shundan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.