Tadqiqot davomida olimlar ovqatlanish bo'yicha so'rovnomalarni to'ldirishlari so'ralgan 90 000 ga yaqin odamning ma'lumotlarini tahlil qilishdi. 4749 ishtirokchi taxminan 30 yil davom etgan tadqiqotning oxirigacha yashay olmadi. Kuniga yarim osh qoshiqdan ko'proq zaytun yog'i iste'mol qilgan subyektlarda demensiya xastaligi bilan uzoqroq yashash ehtimoli zaytun yog'ini hech qachon yoki kamdan-kam iste'mol qilganlarga qaraganda 28 foizga yuqori bo'lgan. Bundan tashqari, kuniga bir choy qoshiq margarin va mayonez o'rniga shuncha miqdorda zaytun yog'i iste'mol qilish odamning demensiya tufayli umrning qisqartirish ehtimolini 8-14 foizga kamaytiradi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu ta'sir zaytun yog'idagi antioksidant birikmalarning yuqori miqdorda ekani bilan bog'liq bo'lishi mumkin, ular qon-miya to'sig'ini kesib o'tishga qodir va miyaga bevosita ta'sir qiladi. Shu bilan birga, zaytun yog'i yurak-qon tomir salomatligini mustahkamlash orqali miya salomatligiga bilvosita ta'sir qiladi.
Olingan ma'lumotlar zaytun yog'ini ko'p iste'mol qilish yurak xastaligi xavfini kamaytirishini ko'rsatgan oldingi tadqiqotlarga mos keladi. Ovqatlanish ratsioniga zaytun yog'ini kiritish kognitiv pasayishdan himoya qilishga yordam beradi, deb xabar beradi lenta.ru.
Demensiya – bu orttirilgan aqliy zaiflik. Ilgari olingan bilim va amaliy ko'nikmalarning u yoki bu darajada yo'qolishi bilan aqliy faoliyatning doimiy pasayishi. Ko'pincha, bu holat keksalik davrida kuzatiladi.