Unda O‘zbekiston va Janubiy Koreyadan ekspertlar, olimlar,
davlat organlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.
Bu haqida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.
Qayd
etilishicha, tadbir tashkilotchilari sifatida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar
markazi (Center for Economic Research and Reforms) Osiyo taraqqiyot banki
instituti (Asian Development Bank Institute), Seul milliy universiteti (Seoul
National University) hamda Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti
(Tashkent University of Information Technologies) bilan hamkorlikda ishtirok
etmoqda.
Forum doirasida sun’iy intellekt texnologiyalarining oliy
ta’limni transformatsiya qilishga ta’siri va ularni samarali joriy etish
strategiyalari, raqamlashtirishning kambag‘allikni qisqartirish va hududlar
rivojidagi o‘rni, shuningdek Janubiy Koreyaning ilg‘or tajribasini inobatga olgan
holda energetika sohasini texnologik modernizatsiya qilish masalalari muhokama
qilinishi rejalashtirilmoqda.
Forum doirasida O‘zbekistonda hududlarni manzilli
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vositasi sifatida amalga oshirilayotgan
“Mahallabay” tizimiga alohida e’tibor qaratiladi. Mahalliy boshqaruv, raqamli
echimlar va idoralararo hamkorlikka asoslangan ushbu yondashuv xalqaro ekspertlar
hamjamiyatida inklyuziv hududiy rivojlanish va manzilli ijtimoiy siyosatning
samarali modeli sifatida qiziqish uyg‘otmoqda.
Tadbirda Seul milliy universiteti vitse-prezidenti va Global
rivojlanish instituti direktori d-r Kilkon Ko, Osiyo taraqqiyot banki instituti
dekani va bosh direktori d-r Bambang Brodjonegoro, Songyungvan universiteti
Davlat boshqaruvi oliy maktabi professori Gi Hon Kvon, Seul milliy universiteti
Qishloq xo‘jaligi kolleji Xalqaro hamkorlik markazi professori Chonguk Li,
shuningdek Koreya elektr energetika korporatsiyasi vakillari ishtirok etadi.
O‘zbekiston tomonidan tadbirda davlat organlari, ekspertlar
hamjamiyati, sohaviy vazirliklar, energetika kompaniyalari, IT Park Uzbekistan
hamda mamlakat oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etadi.
Forum qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish va ilg‘or tajribalar
almashish uchun samarali maydonga aylanishi kutilmoqda. Ushbu tashabbuslar
O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlash va innovatsion
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Biz tadbirda ishtirok etish uchun ekspertlar hamjamiyati, xalqaro
tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif etamiz (ishtirok
etish uchun arizalar quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: CERRUZB)