Ukraina yetakchisining fikricha, bu darajadagi muzokaralar “qandaydir natija” bilan yakunlanishi kerak, deb xabar berdi kommersant.ru.

“Amerikalik hamkorlarimiz bizga Putin meni Moskvaga taklif qilganini aytishdi. Agar uchrashuv bo'lishini istamasangiz, Moskvaga taklif qilishingiz kerak, deb o'ylayman. Menimcha, Rossiya uchrashuv haqida gapira boshlagani – bu endi yomon emas degani. Lekin hozircha biz ularning urushni tugatish istagini ko'rmayapmiz”, dedi Vladimir Zelenskiy Parijdagi “iroda koalitsiyasi” yig'ilishi yakunlari bo'yicha o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Vladimir Putin bir kun avval jurnalistlarga Vladimir Zelenskiy bilan uchrashish imkoniyatini istisno qilmasligini aytgandi. “Agar Zelenskiy tayyor bo'lsa, u holda Moskvaga kelsin. Mazkur uchrashuv bo'lib o'tadi”, degan edi Rossiya Prezidenti.