Shu tariqa u AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishini ma'lum qildi.
“Yangi yilga qadar ko'p narsani hal qilish mumkin”, deb yozdi Zelenskiy.
Uning xabar berishicha, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi raisi Rustem Umerov “Amerika tomoni bilan keyingi aloqalar” haqida ma'lumot bergan. Zelenskiy Tramp bilan “yuqori darajada” uchrashuv o'tkazilishini e'lon qildi va Kiyev “bir kunni ham behuda o'tkazmayotganini” ta'kidladi.
Bir kun oldin Vladimir Zelenskiy AQSh Prezidentining maxsus elchisi Stiven Uitkoff va Amerika yetakchisining kuyovi, tadbirkor Jared Kushner bilan gaplashib, “ishning ayrim muhim tafsilotlarini” muhokama qildi.
Muzokaralar yakunida u “umumiy natija va mustahkam tinchlik uchun ishlay oladigan yaxshi g'oyalar borligini” aytdi. Ukraina rahbari bugungi “Rojdestvo kelishuvlari” va muhokama qilingan g'oyalar foydali bo'lishiga umid bildirdi, deb xabar berdi gazeta.ru.