Har bir ko'ngil mehr va e'tiborga muhtoj. Atrofda mehr tafti bilan qalblarni isituvchi insonlarining borligi baxt. O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ana shunday xayrli ishga qo'l urdi.

Respublika maxsus komissiyasining YAngi yil bayrami tadbirlarini nishonlash tartibi bo'yicha tavsiyalariga asosan, federatsiya tizim xodimlari uchun mo'jallangan korporativ ziyofatlarni bekor qilib, mazkur tadbirlar uchun ajratilgan mablag'larni savobli ishga sarfladi. Jumladan, xayriya aktsiyasi doirasida federatsiya tomonidan Buxoro viloyatidagi 32-mehribonlik uyining bir guruh  tarbiyalanuvchilarining sunnat to'yi o'tkazildi.