Ma’lum bo‘lishicha, u tuman markazida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanida o‘tkazilgan tekshiruv davomida yong‘in xavfsizligi talablari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Shundan so‘ng, mazkur hujjatni yopib qo‘ymaslik va materiallarni sudga yubormaslik evaziga tadbirkordan 3 million so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs talab qilingan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoiy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.