Kuni kecha Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirovning xotirasiga bagʻishlangan “Botir Zokirov sanʼati davomchilari” respublika koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi xuddi shunday boshlandi.
Isteʼdodli aktrisa Dilnoza Kubayeva hamda aktyor Rixsitilla Abdullayevning jarangdor ovozlari yangradi. Soʻz Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Jamol Nosirovga berildi. Undan soʻng Oʻzbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov hamda Nasiba Abdullayevaning iliq va samimiy tilaklari yangradi.
Hayajonli lahzalar boshlandi. Koʻrik tanlov gʻoliblari birin ketin eʼlon qilindi.
3- oʻrin sohiblari bilan tanishing
Mamadaliyev Kamron Ulugʻbek oʻgʻli (Namangan viloyati)
Jafarova Diyora Farxodovna (Samarqand viloyati)
Togʻayev Javoxir Uchqun oʻgʻli (Qashqadaryo viloyati)
Nufuzli tadbirda 2 –oʻrin sohiblari
Murodov Jamol Istam oʻgʻli (Buxoro viloyati)
Xakimova Malika Rustamovna (Toshkent shahri)
Eng yuqori ball toʻplab 1-oʻringa sazovor boʻlgan ishtirokchi
Saydaliyev Umarshoh Iskandar oʻgʻli (Jizzax viloyati)
Mazkur koʻrik-tanlov ilk bora tashkil etilgan boʻlib, unda 16 yoshdan 28 yoshgacha boʻlgan ijodkor yoshlar qatnashdi. Tanlovning tuman, shahar bosqichlarida jami 2386 nafar isteʼdodli yoshlar ishtirok etib, ulardan 439 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlariga yoʻllanma oldi.
Viloyat bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan ijodkor yoshlardan 50 nafari yakuniy respublika saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan edi. Ularning eng munosiblari kecha oqshom gʻoliblik nashidasini his qildilar va ularning har birlari mashhur xonanandalar bilan duet kuylash baxtiga muyassar boʻldilar.