Turkiston silovsini oddiy silovsinning kenja turi boʻlib, kelib chiqishi Oʻrta Osiyoga borib taqaladi. Gʻarbda Markaziy Osiyoda, Janubda esa Osiyodan Xitoy va Moʻgʻulistongacha keng tarqalgan mushuklar oilasining yirtqich vakilidir.
Oʻrta Osiyoda Turkiston silovsini asosan ochiq oʻrmonlar va dashtlarda yashaydi, shuningdek, Oʻrta Osiyoning choʻl mintaqalaridagi toshli adirlar va togʻlarda ham uchrashi mumkin. Asosan quyonlar bilan oziqlanadi va bu yirtqich mushuklar 17-yilgacha umr koʻradi. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Maʼlumot uchun, Turkiston silovsini hozirgi kundagi soni Zomin davlat qoʻriqxonasida 17-19 tani tashkil qiladi.