Zomin milliy tabiat bogʻidagi fotoqopqonga qoʻngʻir ayiq tushib qoldi

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tasarrufidagi Zomin milliy tabiat bogʻida oʻrnatilgan fotoqopqonga qoʻngʻir ayiq muhrlandi.

    Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.

    Qoʻngʻir ayiq brakonyerlik, yashash joylarining qisqarib borayotganligi va boshqa tashqi omillar tufayli kamayib ketgan. Zomin milliy tabiat bogʻida 25-30 tacha uchraydi. Shuningdek, Chotqol qoʻriqxonasida 40-45 ta, Hisor qoʻriqxonasida oʻrtacha 157 tani tashkil qilishi qayd etilgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, qoʻngʻir ayiq zaif, kam tarqalgan kenja tur sifatida Oʻzbekiston Qizil kitobi, “CITES”ning ilovasiga kiritilgan.