Tadbir O‘zbekistonga xorijiy sayyohlar oqimini oshirish hamda ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqa Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi, «Zomin turistik rekratsion zonasi» DUK, O‘zbekiston avto-moto turizm assotsiatsiyasi hamda Rossiyaning «Dreamteam» avtoturizm jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ushbu musobaqada Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Belorus davlatlari vakillari ishtirok etdilar, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.