Yongʻin viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tezda oʻchirildi. Hududdagi daraxt va butalarga talofat yetmagan.
Ayni damda Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi, Zomin tumani tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi, viloyat IIB, viloyat FVB xodimlari tomonidan yongʻin sabablari oʻrganilmoqda. Hudud toʻliq nazoratga olingan.
Surishtiruv ishlari yakunlangach, aybdorlarga nisbatan qonunchilikka asosan tegishli choralar koʻriladi.
Holat yuzasidan batafsil maʼlumot beriladi.