Hisobotga koʻra, soʻnggi oʻn yilda ushbu kasallikka qarshi kurashishda maʼlum ijobiy natijalar qayd etilgan. Jumladan, gepatit B bilan kasallanish holatlari 32 foizga kamaygan, gepatit C bilan bogʻliq oʻlimlar esa 12 foizga qisqargan.

Shunga qaramay, Virusli gepatit hamon global sogʻliqni saqlash muammosi boʻlib qolmoqda. Mavjud surʼatlar 2030 yilga qadar kasallikni bartaraf etish boʻyicha belgilangan xalqaro maqsadlarga erishish uchun yetarli emas.

Maʼlumotlarga koʻra:
  • 2024 yilda gepatit 1,34 million inson hayotiga zomin boʻlgan;
  • har kuni 4900 dan ortiq yangi kasallanish holatlari qayd etilmoqda;
  • bir yilda bu koʻrsatkich qariyb 1,8 millionni tashkil etadi.

JST rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus taʼkidlashicha, gepatitni nazoratga olish va hatto bartaraf etish mumkin. Buning uchun profilaktika, erta tashxis va samarali davolash choralarini kuchaytirish zarur.

Qayd etilishicha bolalarni gepatit B ga qarshi emlash jigar kasalliklari xavfini sezilarli kamaytiradi va uning samaradorligi 95 foizdan ortiq, zamonaviy davolash usullari gepatit C ni toʻliq davolash imkonini beradi.

Shu bois aholi oʻrtasida profilaktika, tibbiy koʻriklar va emlash ishlarini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.