Shavkat Mirziyoyev: Xorazm shonli tariximiz bilan yangi islohotlar tutashgan chorraha
2-may kuni Urganch tumanida Xorazm viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2-may kuni Urganch tumanida Xorazm viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yigʻilishda viloyat va respublika mutasaddilarining hisobotlari, tadbirkor va fermerlarning takliflari tinglandi.
Bogʻotdagi koʻchalardan biriga va oʻzi asos solgan badiiy gimnastika maktabiga Shakarjon Xoʻjaniyozova nomi beriladi.
Bogʻot, Gurlan Xonqa, Yangibozor, Hazorasp va Urganch tumanida 49 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilashga xalqaro moliya tashkilotlaridan 61 million dollar jalb qilinadi.
Mutasaddilarga kelgusi yilda 6 ta tezyurar elektropoyezd olib kelish topshirildi.
Joriy yilda 1,1 trillion soʻm ajratilib, tez fursatda Urganch, Xiva, Pitnak shaharlari va Gurlan tumani markazidagi oqova suv tizimini rekonstruksiya qilish boshlanadi.
Xorazmlik fermerlar tannarxni tushirish uchun izlanib, yangilik qilayotgani taʼkidlandi.
Avstriyaning “Bauer” kompaniyasi bilan Xorazmda 7,5 ming gektarda yomgʻirlab sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Prezident Tuproqqalʼadagi “Damas” zavodi boʻyicha katta yangilikni aytdi. Bu zavodda 100 million dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlana...
Xorazmda kimyo sanoati boʻyicha katta-katta loyihalar reja qilingan. Ularni amalga oshirish orqali tarmoq viloyatning “drayveri”ga aylantiriladi.
Oʻtgan yilgi investitsiyalarning yarmidan koʻpi Urganch shahri, Qoʻshkoʻpir va Urganch tumaniga toʻgʻri kelgan.