25-noyabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Urgut tumanining 112 ming gektar maydoni bor, shundan 12 ming gektari sugʻoriladigan, 40 ming gektari yaylov va 22 ming gektari togʻ hududlarini tashkil qiladi.
“Urgut” sanoat zonasiga kooperatsiya olib kirib, mahsulotlarni “ehtiyot qismlar – tayyor mahsulot” zanjiri asosida ishlab chiqarish orqali tannarxni 5 foizdan 15 foizgacha kamaytirish mumkin.
Davlatimiz rahbari Urgut misolida imkoniyatlarni tahlil qilib, vazirlar va hokimlar oldiga keyingi yil uchun aniq vazifalar qoʻydi.
Yana bir yangilik – Oqdaryo, Payariq, Pastdargʻom, Toyloq va Samarqand tumanidagi 17,5 ming gektar hudud Samarqand shahriga qoʻshib beriladi. Buning hisobiga Samarqand shahri aholisi 604 mingdan 882 mingga yetadi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida tashkiliy masala ham koʻrib chiqildi.
Urgut tumani markazidagi 24 ta mahallada 100 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Bu – baʼzi bir shaharlar aholisidan koʻp.
Samarqand aholisi 4 million 300 mingdan oshdi, yiliga oʻrtacha 100-110 ming nafarga koʻpayib borayapti.
Prezidentimiz viloyatda erishilgan natijalar va ishga solinmagan imkoniyatlarni qayd etdi.
Imom Buxoriy maqbarasi hududi 45 gektargacha kengaytirilib, 10 ming kishilik masjid, innovatsion muzey barpo etildi, atrofida oʻnlab mehmonxona va mehmon uylari qurilmoqda.