Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, marhuma qizning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
«Tekshirish harakatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilishi va natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi«, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.