Bu haqda 19-sentabr, juma kuni Shimoliy Koreyaning KCNA davlat axborot agentligiga tayanib, Reuters xabar berdi.
Kim Chen In Kumson taktik uchuvchisiz hujum samolyoti va strategik razvedka dronining sinovlarini kuzatdi.
U natijalardan mamnun bo'ldi va dronlarni yanada takomillashtirish, jumladan, sun'iy intellektdan foydalanish rejasini tasdiqladi.
Kim Chen In KXDR uchun yadro salohiyati va oddiy qurolli kuchlarni parallel ravishda rivojlantirishga chaqiruvchi yangi yadro siyosatini e'lon qildi.
Kim Chen In yangi raketa tizimini ko‘zdan kechirdi, deb xabar berdi korrespondent.net.









