Putin: Ukrainadagi mojaroning oldini olish mumkin edi

    Agar NATO Rossiya chegaralariga yaqinlashmaganida, Ukrainadagi mojaroning oldini olish mumkin edi, dedi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin.

    “Agar Bayden ma'muriyati bilan ishimiz boshqacha yo'lga qo'yilganida, Ukraina boshqalar qo'lida buzg'unchi qurolga aylanmaganida, chegaralarimiz tomon olg'a intilayotgan Shimoliy Atlantika blokidan ana shu maqsadda foydalanilmaganida, agar Ukraina pirovard natijada o'z mustaqilligini, o'z haqiqiy suverenitetini saqlab qolganida edi, buni (Ukrainadagi mojaroni) oldini olish mumkin edi”, dedi Putin “Valday” xalqaro munozara klubi majlisida.

    “Valday” xalqaro munozara klubi siyosatshunoslik, iqtisod, tarix va xalqaro munosabatlar bo'yicha yetakchi xorijiy va rossiyalik ekspertlar uyushmasi hisoblanadi. Klub 2004-yilda tashkil etilgan. Klubning nomi Valday ko'li nomidan olingan. Boisi uning birinchi konferensiyasi mazkur ko'l yaqinidagi Velikiy Novgorodda bo'lib o'tgan, deb xabar berdi ria.ru.