Agar NATO Rossiya chegaralariga yaqinlashmaganida, Ukrainadagi mojaroning oldini olish mumkin edi, dedi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin.
AQSh Prezidenti NATO davlatlari o'z havo hududini buzgan Rossiya samolyotlarini urib tushirishi kerakmi, degan savolga “ha”, deb javob berdi.
Turkiya Prezidentining so'zlariga ko'ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tez orada tugashi dargumon. NATO har ikki davlat bilan munosabatlarni Turkiya misolida o'rnatishi kerak, deb hisoblaydi Erdog'an.
AQSh Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Atlantika alyansining barcha a'zolari birgalikda harakat qilib, Rossiyadan neft sotib olishni to'xtatsa, Rossiyaga nisbatan jiddiy sanksiyalar kiritishga tayyorligini aytdi.
Polsha Prezidenti Karol Navrotskiy NATO qo'shinlarining respublikada bo'lishiga rozilik beruvchi hujjatni imzoladi. Bu haqda Polsha milliy xavfsizlik byurosi matbuot xizmati xabar berdi.
Misr hujum ostida qolgan mamlakatlarni himoya qila oladigan NATO tipidagi harbiy ittifoq tuzish uchun arab davlatlaridan yordam olishga umid qilmoqda, deb yozdi Times of Israel, hisobotga tayanib.
NATO davlatlari Polsha havo hududiga uchuvchisiz uchoqlarning kirib kelishi sababli harbiy javob choralarini tayyorlamoqda, deb yozadi Bloomberg manbaga tayanib.
O'nga yaqin davlat tinchlik kelishuvi doirasida Ukrainaga qo'shin yuborishga rozi, deb yozdi Bloomberg.
Yevropa yetakchilari Zelenskiy hamda Yevropa Ittifoqi va NATO rahbariyati bilan birgalikda Donald Tramp bilan videokonferensiya o'tkazdi.
Braziliya, Xitoy va Hindiston Rossiya bilan savdoni to'xtatmasa, ikkilamchi sanksiyalarga duchor bo'lish xavfi bor. NATO Bosh kotibi Mark Ryutte shunday tahdid bilan chiqdi, deb xabar beradi Reuters.