Bu haqda Finlyandiya Prezidenti matbuot xizmati maʼlum qildi.
Tashrif doirasida 31-oktyabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi. Suhbat chogʻida ikki davlat oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, geosiyosiy jarayonlar va ularning Yevropa hamda Markaziy Osiyo mintaqasiga taʼsiri, shuningdek, koʻp tomonlama hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi.
Taʼkidlanishicha, Aleksandr Stubb tashrifi doirasida biznes seminarida ishtirok etib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida maʼruza qiladi hamda tashqi siyosat boʻyicha mutaxassislar bilan uchrashadi.
Xabarda aytilishicha, Finlyandiyaning sobiq Prezidenti Mauno Koyvisto salkam 33-yil oldin — 1992-yili Oʻzbekistonga rasmiy tashrif buyurgan ekan.








